Aktrisa «Dear Drew» ning birinchi reklama kampaniyasida ishtirok etgan.
Gollivudlik aktrisa Dryu Berrimor o‘zining Dear Drew nomi ostidagi liboslar brendini ishga tushirmoqda. Brendning birinchi kolleksiyasi 24 oktyabrdan Amazon Fashion da sotilishni boshlaydi, deb xabar bergan WWD.
Tarmoqda brendning birinchi reklama kampaniyasi roligi va kadrlari paydo bo‘lgan. Tasvirda Dryu Berrimor Amazon qutisi bilan Manxettendagi Malberri-stritda o‘z brendi liboslarida sayr qiladi.
Aktrisaning debyut kolleksiyasiga sumkalar, taqinchoqlar, uy uchun liboslar va yana ko‘plab buyumlar kiritilgan. Natxlar $28 dan $248 gacha belgilangan.
Amazon Fashion direktori Кеyt Dimmok qayd etib o‘tishicha, u aktrisa bilan hamkorlikdan mamnun, uning ozodlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan uslubini, ajoyib karyerasini va kreativ quvvatini hurmat qiladi.