“Yoqut” do‘konini ochish loyihasi tasodifan paydo bo‘lgani yo‘q. Oldin biz dugonalarim bilan doim ortiqcha hashamlarsiz va hamyonbop qulay, sifatli kiyimlarni, ya’ni ishga kiyib borsa ham bo‘ladigan, kechqurun qahvaxonada o‘tirishlarga ham mos keladigan liboslarni izlardik. Ancha azobli kechadigan o‘sha qidiruv ishlarimiz ko‘p hollarda hech qanday natijasiz yakunlanardi. Shunda biz kiyimlarni o‘zimiz tikishga qaror qildik. Biz matoga buyurtma beramiz, furniturani tanlaymiz, dizaynni ishlab chiqamiz. Hozir g‘oyalarimizni amalga oshirayotgan o‘z ishining ustasi bo‘lgan tikuvchilar jamoasini topdik. Shu tariqa, qizlar uchun modali va hamyonbop liboslar yaratila boshlandi.
Shu bilan birga, liboslarimizni bajonidil kiyayotgan doimiy mijozlarimiz ham paydo bo‘ldi. Bizning do'konimizdagi kiyim-kechaklar boshqa do'konlardagidan farq qiladi. Birinchidan, matolarni o‘zimiz tanlaymiz va ularga buyurtma beramiz, furniturani tanlaymiz, xaridorlarimizning didini bilgan holda dizaynni ishlab chiqamiz. Ikkinchidan, libosning sifatini har bir yaratilish bosqichida nazorat qilib boramiz. Sifat va hamyonbop narxlar – mana shu optimal birikma liboslarimizni boshqalaridan ajratib turadi. Do‘konda kiyimdan tashqari bijuteriya, poyabzal, sumka va boshqa bejirim aksessuarlarni o‘zingizga moslab xarid qilishingiz mumkin.
Agar yosh bo‘lsangiz, modali va qulay liboslarni yoqtirsangiz, unda bugunning o‘zidayoq “Yoqut” do‘konining do‘stlari qatoridan o‘rin oling!