Ikar to‘g‘risidagi afsona, mifik jonzotlar va Gucci brendining so‘nggi kolleksiyasi, ispaniyalik rassom illyustratsiyalarida «tirilishdi».
Italiyaning Gucci moda Uyi Rojdestvoga bag‘ishlangan reklama kampaniyasini qo‘lda chizilgan katalog ko‘rinishida taqdim etdi. Bayram albomi illyustratsiyalarini ispaniyalik rassom Ignasio Monreal chizdi.
Мonreal Ikar to‘g‘risidagi grek afsonasidan ilhomlandi. Kartinalarda Gucci buyumlari: futbolkalar, qopchiqlar, ko‘zoynaklar, kamarlar, sumkalar, poyafzal, zargarlik taqinchoqlari, bolalar uchun kiyimlar, uy uchun tekstil va chinni idishlar, mifik jonzotlar shaklidagi po‘lat haykalchalar o‘rin olgan.