Dizayner Lali Fozilova denimga, zamonaviy bichimlarga va milliy o'zbek ma`tolariga e`tibor qaratdi.
Dizayner Lali Fozilovaning buyuk muhabbati va moda uyi DNKsining asosiy tarkibi — o'zbek milliy matolari, naqshlari va kashtalarining zamonaviy bichimlardagi aksi, allaqachon nafaqat xalqaro podiumlarni, balki mashhur Vogue jurnali sahifalarini ham egallashga ulgurgan.
11 ta libosdan iborat kolleksiya o'yinqaroq kayfiyat bilan nafas oladi. Qayd etib o'tish lozim, LALI liboslaridagi qiz bir oz g'ayratliroq bo'lgan, o'ziga bo'lgan ishonchni va kuchni ko'rsatishdan qo'rqmaydi va hatto o'z individualligini yorqin rangdagi bezaklar bilan ko'rsata olgan. LALI moda Uyidan bahor-yoz 2018 kolleksiyasi, bu qulaylik va individuallik, fantaziya parvozi va harakat ozodligi to'g'risidagi hikoyadir.